Suriyaning dengiz bo‘yidagi Lazqiya shahrida joylashgan masjid yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgani va yaralangani ma’lum. SANA agentligining bildirishicha, qurbonlar soni ikki kishini, jarohatlanganlar soni esa to‘rt kishini tashkil qilmoqda, biroq rasmiy ma’lumotlar keltirimayapti.
Portlashni mototsikl mingan xudkush amalga oshirgani bildirilmoqda.
Izoh (0)