Saudiyalik ilohiyotchi begonaning Wi-Fi tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanishga qarshi fatvo chiqardi. Bu haqda, The Independent nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Wi-Fi’dan norasmiy yoki egasi va provayder ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Wi-Fi’dan foydalanmay turib xizmat ko‘rsatuvchi yoki unga haq to‘lagan kishi bilan maslahatlashmoq joiz”, — deyiladi Saudiya Arabistoni ilmiy tadqiqotlar va fiqh bo‘yicha Oliy qo‘mitasi a’zosi Ali al-Hakamiyning fatvosida.
Shu bilan birga, hujjatda savdo markazlari, bog‘lar, kafelar, mehmonxonalar va davlat idoralaridagi Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish gunoh emasligi ta’kidlab o‘tiladi.
Izoh (0)