Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bundestag deputatlari 1915-yilda Usmonli saltanatida armanilarning deportatsiya qilinishini genotsid deb tan olish yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi. Rezolyutsiyaga qarshi faqat bir deputat ovoz berdi, bir nafari ovoz berishdan tiyildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: “Pravda.ru”

Foto: “Pravda.ru”

“1915–1916-yillarda Usmonli saltanatida armanilar va boshqa xristian ozchiliklarning genotsidi xotirasiga” deb atalgan hujjat kansler Angela Merkel va tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer yo‘qligida qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, 1915-yilda Usmonli saltanatida, turli baholarga ko‘ra, 600 mingdan 1,5 milliongacha armani halok bo‘lgan. Turkiya yuz minglab insonlar halok bo‘lganini tan oladi, ammo buning “genotsid” atamasi bilan ta’riflanishiga qarshi chiqadi. O‘z navbatida, turk tarixchilari armanilarning qurolli guruhlari o‘n minglab musulmonlarni qirg‘in qilganini ta’kidlab keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova