Rossiyaning Vladivostok shahri meri Igor Pushkaryovga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
U xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va tijoriy korrupsiyada ayblanmoqda.
1-iyun kuni Pushkaryovning uyida tintuv o‘tkazildi. Ayni paytda sodir etilgan barcha jinoyatlarning shart-sharoitlarini oydinlashtirishga qaratilgan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
“Interfaks”ning ma’lum qilishicha, mer hibsga olinib, Moskvaga yo‘llangan.
Izoh (0)