Qohirada yashovchi jurnalist Mo‘min Muxtor o‘g‘il chaqalog‘ini Rossiya prezidenti sharafiga nomlashga qaror qildi. Shunisi borki, nom tarzida u davlat rahbarining ismini emas, familiyasini tanladi. Bu haqda “Novosti Mail.ru” xabar bermoqda.
Misrlik Facebook’dagi sahifasida chaqaloq bilan tushgan suratini joylashtirib, unga “Bu mening o‘g‘lim — Putin. Yaratganga shukur, o‘g‘il ato etdi. Uni Putin Muxtor deb nomladim. Dunyoda Vladimirlar ko‘p, lekin Putin bitta”, — deya izoh qoldirgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari jurnalistni o‘g‘il ko‘rgani va “Putinning otasi” bo‘lgani bilan qutlagan.
Izoh (0)