Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Londondagi xususiy klinikalardan birida yurakdagi ochiq jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Ayni paytda uning ahvoli barqaror, u amaliyotdan keyingi reabilitatsiya kursidan o‘tmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Sharifning matbuot kotibi Musoddiq Malik bergan ma’lumotga ko‘ra, operatsiya bugun, 31-may kuni ertalabki soatlarda o‘tkazilgan.
Navoz Sharif oxirgi besh yil davomida ikkinchi marta yurak operatsiyasini boshdan kechirmoqda.
Izoh (0)