30-may, dushanba kuni do‘l aralash yoqqan kuchli jala Shimoliy Osetiya — Alaniya respublikasi poytaxti Vladikavkazda (Rossiya) transport harakatini qisman falaj holatga soldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tabiiy ofatdan ayniqsa suv sathi yengil avtomobillar kapotigacha ko‘tarilgan va haydovchilar tashqariga mashina oynasidan chiqib olishiga to‘g‘ri kelgan markaziy ko‘chalar jabr ko‘rdi.
Shaharning bir necha tumanlarida vaqtincha elektr ta’minoti uzib qo‘yildi va shu kuni kechga borib qisman tiklandi. Yog‘ingarchilik, shuningdek, Checheniston va Volgabo‘yining ayrim shaharlariga ham yopirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy ofat guvohlari tomonidan tasvirga tushirilgan o‘nlab foto va videolavhalar joylashtirildi.
Izoh (0)