2014-yilning 19-dekabr kuni Ispaniya Xalq partiyasi shtab-kvartirasiga minalashtirilgan mashinada kelib urilgan fuqaro Daniel Peres Berlanga besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu qarorni Madrid sudi qabul qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Berlanga hukmron partiya siyosatiga e’tiroz sifatida mashinasiga portlovchi uskuna o‘rnatib, uni partiya binosiga qarata haydagan edi. To‘qnashuv natijasida portlash sodir bo‘lmadi va hech kimga zarar yetmadi.
Tergovchilarning fikricha, Berlanga portlash natijasida binoga o‘t ketishini rejalashtirgan edi.
Izoh (0)