Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Libertarian partiyasi mamlakatda joriy yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik lavozimi saylovlari uchun nomzodini aniqladi. Bu haqda, Fox News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Livejournal

Foto: Livejournal

Nomzod Nyu-Meksiko shtatining sobiq gubernatori Geri Jonson bo‘ldi. Partiya syezdida u ovozlarning yarmidan ko‘pi — 55,8 foizini to‘pladi.

Ovoz berish natijalari yakuni bo‘yicha, Jonson bundan keyin partiyani munosib ifodalash uchun jiddiy ish olib borishini ma’lum qildi.

Avvalroq AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp nomzodini mamlakat prezidentligi lavozimiga ilgari surish uchun yetarli delegatlar ovozini to‘plaganligi ma’lum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi