Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vashington shtatida AQSh prezidentligi lavozimi uchun respublikachilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dastlabki saylovlarda respublikachi Donald Tramp ovozlarning 75 foizini to‘plamoqda. Bu haqda 24-may, seshanba kuni CNN telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Hozirgi paytga qadar ovozlarning yarmiga yaqini hisoblab chiqilgan. Tramp hozircha 75 foiz tarafdorlarini to‘pladi. Poygada qatnashishni rasman to‘xtatgan, biroq byulletenlarda nomlari qayd etilgan uning raqiblari Ted Kruz va Jon Keysik uchun tegishli ravishda 10,2 va 10 foiz ovoz berilgan.

Donald Tramp praymeriz davomida Respublikachilar partiyasidan yagona nomzodga aylandi, chunki uning barcha partiyadosh raqiblari delegatlar ovozi uchun kurashishda qatnashishdan bosh tortdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda