Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining bir qator Rossiya OAVlari rahbarlariga qarshi shaxsiy sanksiyalar kiritish haqidagi qarorini tasdiqladi, deb yozadi Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xususan, ro‘yxatga “Birinchi kanal” bosh direktori Konstantin Ernst, Russia Today bosh muharriri Margarita Simonyan, “TASS” bosh direktori Sergey Mixaylov va LifeNews telekanali sobiq bosh direktori Ashot Gabrelyanov kiritildi.

Ukraina prezidenti saytiga joylangan xabarda aytilishicha, sanksiyalar “Ukraina milliy manfaatlari, milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga real va potensial tahdid soluvchi, terrorchilik faoliyatiga imkoniyat yaratib, fuqarolar huquq va erkinliklarini buzuvchi, hududlar bosib olinishiga olib keluvchi hamda Ukraina fuqarolarining tegishli huquq va erkinliklarini to‘liq amalga oshirishda to‘siqlar yaratuvchi” kishilarga qarshi joriy qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi