Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir haftacha muqaddam Everest yonbag‘rida bedarak yo‘qolgan hindistonlik alpinistning jasadi topildi. Shu tariqa, oxirgi hafta mobaynida Everestda halok bo‘lgan alpinistlar soni to‘rt kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” “Nepal” alpinistlar lageri boshqaruvchi direktori Vanchu Sherpaga asoslanib.

Foto: AFP

Foto: AFP

Halok bo‘lgan alpinist dunyodagi eng baland cho‘qqini zabt etishga otlangan to‘rt kishilik guruh tarkibida edi. 21-may, shanba kuni guruhning barcha a’zolari bedarak yo‘qoldi. Ertasi kuni ikki kishi topildi, lekin qutqaruvchilar ularni evakuatsiya qilayotgan chog‘da guruh a’zosi Subxash Pal olamdan o‘tdi.

Guruhning yana bir a’zosi — 58 yoshli Paresh Chandra Natxning tanasi sakkiz ming metr balandlikdan topildi. Qutqaruvchilar hozircha undan yuqorini o‘rgana olmadi — guruhning so‘nggi a’zosi Gautam Gxoshning tanasi o‘sha hududda qolib ketgan deb hisoblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi