Amerikaliklarning 45 foizi AQSh Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlab to‘g‘ri qildi, deb hisoblaydi. Bu haqda, YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Respondentlarning 25 foizi bu qarorni xato deb topdi, 30 foiz odam aniq to‘xtamga kela olmadi.
Bundan tashqari, amerikaliklarning 70 foizi AQSh o‘z xatti-harakatlari uchun Yaponiyadan uzr so‘rashi kerak emas, degan fikrda sobit, faqatgina 22 foiz odam yaponiyaliklardan kechirim so‘rash kerakligiga amin. Respondentlarning 8 foizi bu borada aniq javob aytmadi.
Bir muddat ilgari The Wall Street Journal so‘rovnoma natijalari asosida amerikaliklarning 59 foizi yangi atom hujumlarini ma’qullashini bildirgan edi.
27-may, juma kuni Obama Xirosimaga safar uyushtirdi. U mazkur shaharga tashrif buyurgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Shuningdek, u atom bombasidan jabrlanganlar — xibakusyalar bilan uchrashdi.
Izoh (0)