Guchchifer taxallusi bilan mashhur ruminiyalik xaker Marsel Lexel Lazar 25-may, chorshanba kuni Aleksandriya shahri sudida (Virjiniya shtati) AQSh prezidenti kichik Jorj Bushning oila a’zolari, AQSh ma’muriyati va qurolli kuchlari shtabi rahbarlari qo‘mitasining a’zolari, jumladan, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning elektron pochta qutilari va ijtimoiy tarmoqlardagi hisobotlarini buzib ochishdagi aybini tan oldi. Bu haqda, NBC telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Lazar sudda “aybdorman” so‘zini ikki marta ishlatgan. Unga nisbatan hukm sentabr oyida chiqariladi.
Lazar o‘z vatanida kiberfiribgarlik uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Aprel oyida u AQShga ekstraditsiya qilingan. Bu yerda unga nisbatan kiberjinoyat sodir etish aybi e’lon qilingan. Endi unga ikki yildan yetti yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi xavf solmoqda.
44 yoshli Lazarning so‘zlariga qaraganda, u ilk bor 2013-yilning martida Klintonning yordamchisi Sidni Blyumentalning akkauntini buzib ochgan va qo‘lga kiritgan ma’lumotlari yordamida davlat departamentining sobiq rahbari pochta serverini buzib kirgan.