Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining chekka qismida yuz bergan portlash oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi. Bu haqda Tolo News telekanali o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Portlash Kobuldan bir necha kilometr g‘arbda joylashgan Pagman shahrida sodir bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Hodisa tafsilotlari xabar qilinmadi. Mamlakatdagi hech bir terrorchilik guruhi hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)