Bishkek shahar sudi Qirg‘iziston prezidenti devonining sobiq rahbari Doniyor Norimboyevni uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Parlamentning sobiq deputati, shu ish bo‘yicha yana bir gumondor Hojimurot Qo‘rqmazov 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, uning mol-mulki musodara qilindi.
Ilgarigi hukm Oliy sudda qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan edi. Shahar instansiyasi eski hukmni kuchida qoldirdi.
Norimboyev va Qo‘rqmazov o‘tgan yilning iyul oyida tamagirlik va boshqa ayblovlar bilan qo‘lga olingan edi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Norimboyev mansabga o‘tirishi bilan Bishkek shahrining tergov ostidagi sobiq hokimi Narimon Tyuleyevning qarindoshlaridan 100 ming dollar tama qilgan. Buning evaziga devon rahbari Tyuleyevga nisbatan yengilroq hukm o‘qilishiga ko‘maklashishni va’da qilgan. Pulni olishdagi vositachi esa Qo‘rqmazov bo‘lgan.
Izoh (0)