Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud aktrisasi Anjelina Joli London iqtisod maktabida “taklif etilgan o‘qituvchi” lavozimiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Aktrisa “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” magistrlik dasturi doirasida ma’ruzalar turkumi o‘qishi uchun taklif etildi. Bundan tashqari, dasturda huquq himoyachisi Jeyn Konnors (Amnesty International), Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Uilyam Xag, “Ayollar tinchlik va ozodlik uchun” xalqaro ligasi bosh kotibi Medelin Ris ham ishtirok etadi.

Joli o‘qituvchilikka BMT qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi yaxshi niyat elchisi sifatida taklif etilgan. Maktab vakillarining bildirishicha, o‘qituvchilar yangi ayollar, tinchlik va xavfsizlik muammolari markazi faoliyatiga jalb etiladi. Bu yerda talabalarga “Gender va harbiylashuv” yoki “Gender hamda inson huquqlari” kurslari o‘tilishi mo‘ljallanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi