69-Kann festivali “Oltin palma novdasi”ni britaniyalik rejissor Ken Louchning “Men, Deniyel Bleyk” (I, Daniel Blake) filmi qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Ahamiyati bo‘yicha ikkinchi sovrin — Gran-priga kanadalik rejissor Ksavye Dolan “Bu shunchaki qiyomat qoyim” filmi uchun loyiq deb topildi. Kinofestival hay’ati sovriniga esa britaniyalik rejissor Andrea Arnold “Amerikalik yoqimtoy” (American Honey) filmi bilan erishdi.
Eng yaxshi rejissorlik ishi uchun mukofotni hakamlar ruminiyalik Kristian Munjiu (“Bitiruv kechasi”) va fransiyalik Olivye Assayas (“Shaxsiy xaridor”)ga topshirdi.
Eng yaxshi ssenariy uchun mukofotni eronlik rejissor Asgar Farhodiyga “Kommivoyajyor” filmi uchun berishdi. Shu filmdagi roli uchun eronlik Shahob Husayniy eng yaxshi aktyor, filippinlik Jaklin Joze esa eng yaxshi aktrida deb e’tirof etildi.
Kann kinofestivali 11-maydan 22-mayga qadar o‘tkazildi.
Izoh (0)