Buyuk Britaniyaning rekord-leyblar assotsiatsiyasi (BPI) 2015-yil uchun hisobotni chop etdi. Bu haqda Apparat ma’lum qilmoqda.
Hisobotda bildirilishicha, o‘tgan yili YouTube’da britaniyalik ijrochilar videolari ko‘rilishi 88 foizga oshgan. Ularning bundan ko‘radigan daromadi esa atigi 4 foizga o‘sgan.
Hammasi bo‘lib britaniyalik ijrochilar videoda 24,4 million yevro ishlab topgan. Ularning oddiy vinil savdosidan olgan umumiy daromadi esa 25 million yevrodan oshgan. BPI buni “YouTube tomonidan talonchilik” deb atamoqda va Buyuk Britaniya hamda Yevroittifoq rasmiylarini servisga bosim o‘tkazishga chaqirmoqda.
Izoh (0)