Tojikistonda bugun, 22-may kuni o‘tkazilgan konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum haqiqiy deb topildi. Bu haqda, saylov va referendumlar bo‘yicha respublika markaziy komissiyasi bayonotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 ga qadar ovoz berishda 2 million 933 ming fuqaro ishtirok etdi, bu esa, komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan saylovchilarning 66,6 foizini tashkil etadi. Qonunchilikka muvofiq, ovoz berishga layoqatli fuqarolarning 50 foizidan ko‘prog‘i ishtirok etgan taqdirda referendum natijalari haqiqiy deb topiladi.
Ovoz berish 3239 saylov uchastkalarida o‘tkazildi. Referendumning dastlabki natijalari 23-may kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)