Fransiya terma jamoasi, “Arsenal”, “Inter” va “Manchester Siti” kabi klublarning sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra bosh murabbiyligidagi “Nyu-York Siti” futbol klubi MLS ligasining navbatdagi turida hamshaharlari “Nyu-York Red Bullz” jamoasiga qarshi bahs olib bordi, deb xabar bermoqda MLS rasmiy sayti.
Tarkibida Andrea Pirlo, David Vilya hamda Frenk Lempard singari nomdor va tajribali futbolchilar bo‘lishiga qaramay, “Nyu-York Siti” jamoasi derbida o‘z muxlislari qarshisida sharmandali 0:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
It was a goal fest at Yankee Stadium. Check out the full highlights from the #NYDerby Heineken #RivalryWeek matchup. https://t.co/zFYVUOwub3
— Major League Soccer (@MLS) May 21, 2016
The Telegraph nashrining qayd etishicha, Andrea Pirlo o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan va mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Frenk Lempardga klub muxlislari hushtakbozlik qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Lempardning qariyb 6 million dollarga teng yillik maoshi “Nyu-York Red Bullz” jamoasining barcha futbolchilari maoshidan ham ko‘proq ekan.
“Nyu-York Siti” klubi muxlislari o‘z futbolchisi jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shmay turib shuncha maosh olayotganidan norozilik bildirdi.
Izoh (0)