AQSh maxfiy xizmatining ma’lum qilishicha, Oq uy yaqinida otishma yuz berdi. Oq uy o‘tkazish punktiga qo‘lida qurol bilan yaqinlashgan erkakni maxfiy xizmat agenti yaraladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Erkakning to‘pponchasi olib qo‘yilib, o‘zi shifoxonaga joylashtirilganligi ta’kidlanmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Oq uyga qurol bilan yaqinlashgan erkak Pensilvaniyada istiqomat qiluvchi 30 yoshli Jessi Olivyeri ekanligini aniqladi. Erkakning Oq uyga haydab kelgan avtomobili tintuv qilinganda, undan 22-kalibrli qurolning o‘qlari topilgan.
Hodisa davomida AQSh prezidenti qarorgohi xodimlari yoki unga tashrif buyurganlardan hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)