Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar bo‘limiga shu shaharda yashovchi 45 yoshli fuqaro murojaat qilib, ikki noma’lum shaxs 3-mikrorayon hududida uning qo‘lidan Nokia rusumli qo‘l telefonini tortib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi 21 va 20 yoshli fuqarolar sodir etganligi fosh etilib, ular qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)