Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Kurume shahrida davom etayotgan, sovrin jamg‘armasi 50 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining chorak finalchisiga aylandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ushbu musobaqaning ikkinchi raketkasi sifatida tasniflangan 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi birinchi davrada fransiyalik Josefin Bualemni 6:4, 7:6, ikkinchi davrada esa yaponiyalik Kanae Hisameni qiyinchilik bilan 4:6, 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqaning chorak finalida Nigina Abduraimova britaniyalik Keti Dannga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)