London, Gonkong, Parij, Dubay va Nyu-York JLL konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan reytingda xarid (shoping) uchun eng jozibali shaharlar deb topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tadqiqotda dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan 140 ta asosiy savdo-sotiq shaharlari ishtirok etdi. Mazkur shaharlarga jahon yalpi ichki mahsulotining 36 foizi to‘g‘ri keladi. Shoping uchun qulay shaharlar o‘nligiga Shanxay, Singapur, Pekin, Kuvayt va Tokio ham kirgan.
Reyting tuzuvchilari birinchi besh qatorni band etgan shaharlarning ajralib turuvchi jihatlariga e’tibor qaratgan. Jumladan, Londonda ko‘plab xalqaro kompaniyalar joylashgani, Gonkong Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yetakchi savdo shahri ekanligi, Parij “lyuks” mahsulotlar sotuvi reytingida ham uchinchi o‘rinni egallaganligi, Dubay Yaqin Sharqda shoping uchun yetakchi yo‘nalish hisoblanishi, Nyu-Yorkda esa savdo maydonlari ijarasi eng yuqori narxlarda taklif etilishi qayd etib o‘tilgan.
Izoh (0)