Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan Qohirada Falastin — Isroil tinchlik jarayoni tiklanishi istiqbollari, Suriya va Liviyadagi vaziyat, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Bu haqda davlat rahbari devonxonasi rasmiy vakili Ali Yusuf ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Vakilning bildirishicha, as-Sisiy uchrashuvda Misr “Yaqin Sharq to‘qnash kelayotgan turli tahdidlarga birgalikda qarshi turish uchun Vashington bilan mintaqaviy muammolarni hal etishda yaqinlikka intilayotgani”ni bildirgan.
O‘z navbatida, Kerri Misrni “Qo‘shma Shtatlar uchun muhim sherik” deb atab, Qohirani terrorizmga qarshi kurashidagi urinishlari qo‘llab-quvvatlanishi va mintaqada barqarorlik o‘rnatilishi yuzasidan maslahatlashuvlar davom ettirilishiga ishontirgan.
Kerri bir oy ichida ikkinchi bor Qohiraga kelmoqda, o‘tgan gal u Misr poytaxtida 20-aprelda bo‘lgandi.
Izoh (0)