“Barselona” klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar o‘z yurtida bo‘lib o‘tadigan Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Men Olimpiada o‘yinlarida Braziliya termasining natijalariga mas’ul bo‘lishim mumkin. Butun mamlakat bizning g‘alabani kutmoqda. Men esa hammadan ko‘ra oltin medalni qo‘lga kiritishni ko‘proq istayman. ‘Barselona’ meni Amerika Kubogi–2016 turniriga qo‘yib yubormadi, buni to‘g‘ri qabul qildim. Men ikkita musobaqada ishtirok etmoqchi edim, ammo o‘xshamadi. Klubning qarorini hurmat qilaman”, – dedi Neymar.Ma’lumot o‘rnida, Rio–2016 Olimpiadasining futbol turniri 3–20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. “A” guruhidan joy olgan Braziliya terma jamoasi guruh bahslarida JAR, Iroq, Daniya termalariga qarshi bahs olib boradi.Mavzuga doir
×
Izoh (0)