Hindiston shimolidagi Kashmirning ikki tumanida 17-may, seshanba tongida xavfsizlik kuchlari bilan otishmalarda ikki nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda, mazkur hududda maxsus operatsiya o‘tkazayotgan Jammu va Kashmir shtati politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga qaraganda, kuni kecha hindistonlik chegarachilar Pokiston tomondan 20 ga yaqin kishidan iborat jangarilar guruhining mamlakat hududiga kirib kelganligini qayd etgan.
Ularni topish va yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya davomida Kupvara va Shopian tumanlarida terrorchilar bilan to‘qnashuv yuz berdi. Shafqatsiz otishmalar mobaynida ulardan kamida ikki nafari yo‘q qilindi. Operatsiya davom etmoqda.
Izoh (0)