AQShning Missisipi shtati, Tupelo shahri aeroporti yaqinida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Uning bortidagi to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “TASS”.
NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Beechcraft BE-36 uchish-qo‘nish maydonidan bir kilometrga yetib-yetmagan uzoqlikdagi o‘rmonda qulagan. Uchuvchi halokat oldidan kabina tutunga to‘lganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)