Pekin shahrining chekka qismidagi oltin qazib olinuvchi konlardan birida noqonuniy ishlarni o‘tkazish jarayonida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa Pingu tumanida yuz bergan. Yana bir kishi jabrlangan bo‘lib, u shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Yana olti kishining qo‘lga olinganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)