Anqara va Istanbulni birlashtiruvchi D-100 shossesi o‘tadigan osma ko‘prik tagida portlash sodir bo‘lishi oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “RBK”. Ayni paytda portlovchi qurilmani kim o‘rnatgani noma’lum.
Jabrlanganlar portlab ketgan qurilmaning metall bo‘laklari tegishi natijasida yaralangan. Ular hozirda qanday ahvolda ekanligi aniq emas. Portlash, shuningdek, bir nechta avtomobilga ham zarar yetkazdi.
Portlash yuz bergan shosse vaqtinchalik yopib qo‘yildi, keyinroq undagi harakat qayta tiklandi.
Izoh (0)