“Ipak yo‘li” xalqaro poygasining direksiyasi 2016-yilgi poyga yo‘nalishi tafsilotlarini ma’lum qildi. Unda ishtirokchilar 16 kun ichida rekord darajadagi o‘n ming kilometrni bosib o‘tishi kerak. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Poyga 8-iyul kuni Moskvadagi Qizil maydondan start oladi. U yerdan ekipaj Qozon yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l oladi.
“Ipak yo‘li - 2016” poyga yo‘nalishi:
6—7-iyul. Moskvada ma’muriy va texnik tekshirishlar
8-iyul. Moskva Qizil maydonida tantanali start
9-iyul. 1-bosqich: Moskva—Qozon, 853,35 kilometr
10-iyul. 2-bosqich: Qozon—Ufa, 622,17 kilometr
11-iyul. 3-bosqich: Ufa—Qo‘stanay, 812,46 kilometr
12-iyul. 4-bosqich: Qo‘stanay—Ostona, 855,69 kilometr
13-iyul. 5-bosqich: Ostona—Balxash, 821,10 kilometr
14-iyul. 6-bosqich: Balxash—Olmaota, 855,88 kilometr
15-iyul. Dam olish kuni
16-iyul. 7-bosqich: Olmaota—Bortala, 610,40 kilometr
17-iyul. 8-bosqich: Bortala—Urumchi, 829,35 kilometr
18-iyul. 9-bosqich: Urumchi—Xami, 767, 32 kilometr
19-iyul. 10-bosqich: Xami—Dunxuan, 484,33 kilometr
20-iyul. 11-bosqich: Dunxuan—Szyayuyguan, 589,69 kilometr
21-iyul. 12-bosqich: Szyzyuyguan—Alashan-Yutsi, 678,46 kilometr
22-iyul. 13-bosqich: Alashan-Yutsi—Vuxay, 734,98 kilometr
23-iyul. 14-bosqich: Vuxay—Xux-Xoto, 774,47 kilometr
24-iyul. 15-bosqich: Xux-Xoto—Pekin 490,48 kilometr
Jami: 10 780 kilometr
Izoh (0)