Automechanika Dubai 2016 ko‘rgazmasida o‘z turi bo‘yicha yagona bo‘lgan, oltinning yaraqlashiga o‘xshab ketadigan bo‘yoq bilan qoplangan Nissan R35 GT-R modeli namoyish etildi, deb yozadi Luxurylaunches. Mashina narxi bir million dollarga teng.
Avtomobil buyurtma bo‘yicha tayyorlangan va unga Godzilla nomi berilgan. U 3,8 litrli va 545 ot kuchiga teng V6 dvigateliga ega.
Mashinani hozircha hech kim sotib olgani yo‘q, ammo ishlab chiqaruvchilar aytishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining qimmatbaho metallga nisbatan muhabbati bilan tanilgan badavlat fuqarolari tomonidan bir nechta so‘rov tushgan.
Izoh (0)