Rossiyaning Ryazan shahri yo‘l patruli xodimlari 13-may, juma kuni shaharga kirish yo‘lida 7 yoshli bola tomonidan boshqarilayotgan KIA Rio mashinasini to‘xtatib qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aniqlashtirilishicha, Ryazan tumanida istiqomat qiluvchi birinchi sinf o‘quvchisi uyda yolg‘iz qolganida otasiga tegishli avtomobil kalitini olib, unga o‘tirgan va shaharga yo‘l olgan ekan.
Voqea joyiga bolaning ota-onasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspeksiya xodimlari yetib keldi.
Izoh (0)