Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) Keniya terma jamoasini 2016-yili Braziliyada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokdan chetlatmaydi. Bu haqda, uyushma bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.
12-may, payshanba kuni Monrealda WADA direktorlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotning ekspertlar qo‘mitasi Keniyaning dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunini kodeksga nomuvofiq deb topishni tavsiya qildi. Keniya rahbariyati dopingga qarshi qonunchilikni kodeksga muvofiqlashtirishi talab etiladi.
Ertasi kuni mamlakat sport vaziri Hassan Vario hukumat bunga qanday erishilishi lozimligini bilishi haqida bayonot berdi.
Shunga qaramay, Keniya yil oxiriga qadar WADA nazorati ostidagi davlatlar ro‘yxatida turadi.
Izoh (0)