Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) bosh kotibi lavozimini birinchi marta ayol kishi egallaydi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bosh kotibning ismi 13-may kuni e’lon qilinadi, bu lavozimni yevropalik bo‘lmagan ayol kishi egallashi kutilmoqda”, — deyiladi xabarnomada.
Ayni paytda FIFA bosh kotibi lavozimini vaqtinchalik Markus Kattner bajarmoqda. U, o‘z navbatida, futbol faoliyatidan 12 yilga chetlashtirilgan Jerom Valkening o‘rnini egallab turibdi.
Izoh (0)