Britaniyaning Blekvud shaharchasida masxaraboz 37 yoshli Ben Garnxemni nokaut qildi. Bu haqda TJournal xabar beradi.
Masxaraboz erkakni allaqanday tryukni ko‘rsatish uchun sahnaga chaqirdi, biroq tryuk o‘rniga Ben jang usullaridan biriga duchor bo‘ldi. Orqaga aylantirish usulini qo‘llayotgan masxaraboz yanglishib uning boshiga urib yubordi. Oqibatda Benning umurtqasi va boshiga shikast yetdi. Omadsiz hazildan so‘ng Garnxem o‘rnidan tura olmadi.
“Men uning suv purkab yuborishi yoki boshqa shunga o‘xshash harakatini kutgan edim. Biroq keyinroq yuz bergan narsa ko‘proq jang usuliga o‘xshadi”, — deydi Ben.
Ben shifoxonaga yetkazilgan, uning hayoti xavf ostida emas. O‘ziga kelgan Garnxem masxarabozni ayblamasligini ma’lum qilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=r0gfLLqWtVE
Izoh (0)