Mitsubishi kompaniyasi dunyodagi eng tezkor lift loyihasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. U soatiga 74 kilometrgacha tezlik olishi mumkin.
Kompaniya muhandislari o‘z lifti uchun maxsus yangi chig‘ir tizimi va boshqaruv panelini yaratdi. Uni doimiy magnit va takomillashtirilgan tormoz tizimi bilan jihozlashdi. Kompaniya lift energiyasidan qaytadan foydalanishni tashkil qilmoqchi, bu rekuperatsiya — tormozlanish vaqtida elektr tokining kichik qismi qaytishi hisobiga bo‘lishi mumkin.
Kabina lifti, havo qarshiligini kamaytirish uchun, ancha silliqroq shaklda qilindi. Maxsus tizim kabinadagi bosimni nazorat qilib, yo‘lovchilarni ortiqcha og‘irlikdan himoya qiladi.
Loyiha mualliflari aytishicha, lift osmono‘par binoning 119-qavatiga bor-yo‘g‘i 53 soniyada chiqishga qodir. Lift 2016-yil iyulida ilk bora ishga tushiriladi. Uni Xitoydagi Shanxay minorasiga o‘rnatishadi, binoning balandligi 632 metrga teng.
Izoh (0)