IShID terrorchilik guruhiga aloqador jangarilar Iroq shimolida qahvaxona tashrifchilarini o‘qqa tutdi, deya xabar bermoqda “TASS” Iroqning “As-Sumariya” telekanaliga tayanib.
Saloh-ad-Din provinsiyasi Balad shahrida sodir etilgan kutilmagan hujumda sakkiz kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi yaralandi.
Hodisa 13-mayga o‘tar kechasi yuz berdi. Jabrlanganlar yaqin oradagi kasalxonalarga yetkazildi, tekshiruv olib borilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)