Kanadaning Toronto shahri tashqarisida “Rulda SMS yoz” degan so‘zlar va dafn byurosi nomi tushirilgan reklama plakati paydo bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
Bilbordda Watham byurosining nomi keltirilgan, ammo uning na manzili, na telefon raqami berilgan. Shu bilan birga, internetda topilgan Watham saytida bu dafn byurosi emasligi, bilbord esa haydovchilarning mashina boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga e’tiborini jalb etishga qaratilgan kampaniyaning bir qismi ekanligi aytiladi.
Saytda, shuningdek, statistika keltirilgan, xususan, 2013-yilda e’tiborsizlik bilan mashina haydash oqibatida halok bo‘lgan kishilar soni tezlikni oshirish natijasida qurbon bo‘lganlar sonidan 77 foizga ko‘proq bo‘lgan.
Izoh (0)