Yaponiya hukumati KXDRning raketalarini to‘xtatib qolish haqidagi buyruqni bekor qildi. Mazkur buyruq Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan mart oyining o‘rtasida chiqarilgan edi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yaponiya Milliy o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari KXDR tomonidan uchirilishi mumkin bo‘lgan raketalardan himoyalanish uchun Tokio markazida mudofaa boshqarmasi hududiga joylashtirilgan Patriot PAC-3 zenit raketa majmuasini yig‘ib olishni boshladi. U yerdagi oxirgi raketa 16-mart kuni mudofaa vaziri Gen Nakatani tomonidan chiqarilgan buyruq asosida joylashtirilgan edi.
Hukumat buyruqni Amerika va Janubiy Koreya tomonlari bilan maslahatlashuvdan so‘ng bekor qildi.
Izoh (0)