Rossiyaning “Lokomotiv” va “Rostov” klublari sobiq yarim himoyachisi, ayni damda MLS ligasining “Chikago Fayr” jamoasida to‘p surayotgan ruminiyalik futbolchi Rezvan Koshich “Vankuver Uaytkeps”ga qarshi uchrashuvda raqib hujumchisi Masato Kudoning jonini saqlab qolishda bevosita ishtirok etdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Uchrashuvning 11-daqiqasida to‘pga katta tezlikda yugurib chiqqan “Chikago Fayr” darvozaboni Masato Kudoga tirsagi bilan kuchli zarba berdi. To‘qnashuv natijasida hujumchi hushini yo‘qotdi va uning tili ortga ketib qoldi. Birinchilardan bo‘lib yordamga “Chikago” a’zolari Joau Meyra va Rezvan Kochish yetib keldi.
Kochish yaponiyalik hujumchining ortga ketib qolgan tilini qaytarib, uning nafasini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng tibbiyot xodimlari Masatoning jonini saqlab qolish uchun kerakli muolajani o‘tkazdi.
https://twitter.com/ShirleyNoMates/status/730584679716421632
“Joau Masatoni yonboshiga yotqizib, favqulodda o‘rinli qaror qabul qildi, chunki uning og‘iz bo‘shlig‘idan ko‘p qon chiqayotgandi. Men esa uning ortga ketib qolgan tilini qaytarib, nafasini tiklashga harakat qildim. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha adabiyotlar o‘qiganman, bunday holatlar futbol maydonida sodir bo‘lganini bilganman. Bu borada tajribam yo‘q edi, lekin bunday paytlarda tezkorlik bilan harakat qilish kerak”, — dedi ruminiyalik futbolchi “Chempionat” muxbiri Aleksandr Govorov bilan bo‘lgan suhbatda.
Qayt etish joiz, mazkur uchrashuv “Vankuver”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Izoh (0)