Nissan kompaniyasi Mitsubishi Motors aksiyalarining 34 foizlik nazorat paketini xarid qiladi. Bu haqda 12-may, chorshanba kuni, Yaponiyaning ikki yirik avtomobilsoz korporatsiyasi o‘rtasida kelishuvga erishilishi bilan rasmiy bayonot berildi, deb xabar qiladi Motor.
Yakuniy shartnoma 25-mayda imzolanadi. Unga ko‘ra, Nissan’ga Mitsubishi’ning 506,6 million qimmatbaho qog‘ozi tegadi, ular uchun 237 milliard iyena (2,17 milliard dollar) to‘lanadi.
Hamkorlik dilerlik tarmoqlarini rivojlantirish, avtomobil platformalari va texnologiyalarini yaratish, rivojlanayotgan bozorlarga chiqish sohasida birgalikda ishlashni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)