Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 37-turi yakunlariga ko‘ra, “Nyukasl” hamda “Norvich” klublari Chempionship ligaga ravona bo‘ldi. “Sanderlend” 30-turning qoldirilgan uchrashuvida “Everton”ni mag‘lub etib, APLda jon saqlab qoldi.
11-may kunining markaziy o‘yinida “Liverpul” o‘z maydonida “Chelsi” bilan durang o‘ynadi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Eden Azar mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan konpensatsiya uchun qo‘shib berilgan daqiqada Kristian Benteke Yurgen Klopp jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
37 ta o‘yinda 59 ochko jamg‘argan “Liverpul” 8-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 49 ochkosi bor “Chelsi” 9-pog‘onadan joy olgan.
Angliya Premer-ligasi 30-turning qoldirilgan o‘yinlari 11-may, chorshanba“Sanderlend” — “Everton” 3:0
Gollar: Patrik van Anxolt, 38 (1:0). Lamin Kone, 42 (2:0). Lamin Kone, 55 (3:0).“Liverpul” — “Chelsi” 1:1
Gollar: Eden Azar, 32 (0:1). Kristian Benteke, 90+2 (1:1).35-turning qoldirilgan o‘yini
Izoh (0)