2016-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar hamda hozirgi kunda O‘zbekiston raislik qilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi uchrashuvlar nuqtai nazaridan O‘zbekiston—Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)