Avstraliya milliy universiteti arxeologlari G‘arbiy Avstraliyaning Kimberli tumani hududidan dunyodagi eng qadimgi bolta qoldiqlarini topib o‘rgandi. Bu haqda EurekAlert nashri xabar berdi.
Jamoa rahbari, professor Syu O’Konnorning fikricha, bolta taxminan 46–49 ming yillar ilgari yasalgan bo‘lib, qit’aga ilk odamlar ham aynan mana shu davr oralig‘ida ko‘chib kelgandir.
Yaponiyadan topilgan eng qadimgi boltalar 35 ming yil muqaddam tayyorlangani ma’lum edi. Endilikda yangi topilma tarixchilarga ma’lum eng qadimgi bolta sanalmoqda.
Bolta qumtosh yordamida ishlov berilgan bazalt tog‘ jinsidan yasalgandir.
Izoh (0)