Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shri-Lankada to‘rt fil yashin zarbi qurboni bo‘ldi. Bu haqda, Channel NewsAsia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

8 va 25 yoshdagi urg‘ochi fillar, 2 yoshli va 10 oylik fil bolalarining jasadi Uilpattu yovvoyi tabiat bog‘ida topildi. Tekshirish natijalari ular yashin zarbidan halok bo‘lganini ko‘rsatdi.

Maxavillachiya okrugida 6-may kuni kuchli jala quygan, chaqin va momaqaldiroq kuzatilgan edi; fillar o‘sha kuni halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Bunday fojia oxirgi marta 2011-yil fevralida sodir bo‘lgan edi — o‘shanda mamlakat shimoli-sharqidagi suv toshqinida to‘rt fil bolasi cho‘kib ketgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar