Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha -72,6 kilogramm vazn toifasida jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares chempionlik kamariga da’vogarlik qilgan britaniyalik Amir Xanga qarshi jang o‘tkazdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan jangda amaldagi chempion Alvares raqibini 6-raundda nokautga uchratdi.
2015-yilning noyabr oyida Migel Kottoga qarshi jangda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Saul Alvares uchun bu dastlabki himoya jangi bo‘ldi.
Qayd etish joiz, shu yilning kuzida meksikalik bokschi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)