Meksika janubidagi Oaxaka shtatida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markaziga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yer silkinishi epitsentri shtat markazidan 118 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i esa 40 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Kecha, 7-may kuni Meksika sohillarida 5,7 magnitudali zilzila ro‘y bergan edi.
Izoh (0)