Ayni paytda Xalqaro kosmik stansiya bortidagi ekspeditsiya tarkibida bo‘lgan britaniyalik astronavt Tim Pik Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi tufayli Yerga qayta olmasligidan cho‘chigan edi. Bu haqda britaniyalik parlamentariy Tobias Elvud gapirib berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Fazogirning yaqin do‘sti bo‘lgan parlamentariy uning taqdiridan xavotirlanib, 2015-yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan Yevropa o‘yinlarida Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida bu mavzuni ko‘tardi.
“Unga tushuntirdim, do‘stim Rossiya transportidan foydalanish imkoniyatiga egaligini, shu bois Sharq va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishidan xavotirdaligini, — uning so‘zlarini keltiradi The Daily Mail. — U o‘z sayohatining oxirgi nuqtasida qolib ketishdan cho‘chigan edi”.
“Putin mening qo‘limdan tutib, ‘Mister Elvud, Tim Pikka ayting, biz uni tashlab ketmaymiz’, dedi”, — so‘zida davom etdi parlamentariy.
Elvudning ta’kidlashicha, shu voqeadan so‘ng u ayrim muhim sohalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun sanksiyalarni bir chekkaga surish mumkinligini tushungan.
Izoh (0)